» » Buxoroda Nexia 3 buyurtma qilgan iste’molchiga puli qaytarib berildi

Buxoroda Nexia 3 buyurtma qilgan iste’molchiga puli qaytarib berildi


Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Jondor tumani, Moxon qishlog‘ida yashovchi Sh. Rustamov shikoyat arizasi bilan murojaat kildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sh. Rustamov Nexia-3 rusumli avtomashinani shartnoma orqali xarid qilish uchun Buxoro shahri, Ibn Sino ko‘chasidagi “Umid Savdo fayz Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 36 million 25 ming so‘m naqd pul to‘lagan, biroq buyurtmadan hamon darak yo‘q emish. Xaridor o‘z huquqini talab qilib, jamiyatga bir necha marotaba murojaat qiladi. Ammo har gal turli bahonalar bilan iste’molchiga tayinli javob berilmaydi.

Mazkur shikoyat arizasi yuzasidan Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan izchil o‘rganish ishlari olib borildi. Pirovardida iste’molchining qonuniy talabi qondirilib, uning MChJ hisob raqamiga qachonlardir o‘tkazib qo‘ygan 36 million 25 ming so‘m naqd puli olib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют