» » Rossiya uchuvchilari Tojikistonda ko‘chki tufayli ajralib qolgan tog‘li qishloqqa gumanitar yordam yetkazdi

Rossiya uchuvchilari Tojikistonda ko‘chki tufayli ajralib qolgan tog‘li qishloqqa gumanitar yordam yetkazdi


Rossiyaning Tojikiston Respublikasida joylashgan 201-harbiy bazasi aviatsiyasi ko‘chki tufayli ajralib qolgan qishloqqa ikki tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazdi. Shuningdek, og‘ir xastani evakuatsiya qildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari komandiri yordamchisi Yaroslav Roshchupkin ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Tojikiston Respublikasida joylashgan 201-harbiy baza aviatsiyasi ko‘chki tufayli yerdagi aloqalardan uzilib qolgan Sharqiy Pomirdagi qishloqni ‘katta yer’ bilan bog‘ladi. Vertolyotchilar tog‘ darasida joylashgan Sagirdasht qishlog‘iga ikki tonnadan ortiq oziq-ovqat yetkazib berdi”, — deydi Roshchupkin.

U Mi-8 vertolyoti aerodromga qaytayotib Badaxshondagi Vanjga qo‘nganligini ma’lum qildi. “Rossiyalik harbiylar statsionar tibbiy yordamga muhtoj tojikistonlik chegarachini Dushanbega evakuatsiya qildi”, — deya aniqlik kiritdi polkovnik. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют