» » YeTTB “O‘zbekenergo” uchun 240 million dollargacha kredit ajratadi

YeTTB “O‘zbekenergo” uchun 240 million dollargacha kredit ajratadi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “O‘zbekenergo” uchun davlat kafolati ostida 240 million dollargacha miqdorda kredit ajratmoqda. Bu haqda YeTTB matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bu bankning ayni vaqtdagi eng yirik kreditidir.

Mablag‘lar Tallimarjon elektrostansiyasiga (IES) eng kamida 900 MVt quvvatga ega gaz turbinalarini o‘rnatish hamda tegishli infratuzilmalarni yaratishga yo‘naltiriladi.

Loyihaning qolgan qismi Osiyo taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.

YeTTB xabarida ta’kidlanishicha, uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti hududdagi asosiy muammolardan hisoblanadi. Loyiha O‘zbekistondagi elektr ta’minoti samaradorligi va ishonchliligini oshirishga yordam beradi va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yangi quvvatlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalarni hal etishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют