» » Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqqani xabar berilmoqda

Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqqani xabar berilmoqda


Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner 11-yanvar kuni Dubaydan uchib kelgandan so‘ng, reysdan olingan. Xabarlarga ko‘ra uning motoridan qirindi topilgan. Motor shu qirindi hisobiga ishdan chiqqan. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Registratsiya raqami UK-78701 bo‘lgan bu samolyot yaqin vaqtdagi ishdan chiqqan “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati ixtiyoridagi ikkinchi Dreamliner’dir.

Hozircha Uzbekistan Airways rahbariyati hali ikki yil ham ishlatilmagan eng qimmat yo‘lovchi samolyotlarining ketma-ket ishdan chiqayotgani haqida rasmiy axborot bermadi.

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Ozodlik” nashri tomonidan tarqatilgan Boeing-787 Dreamliner samolyotining nosozligi haqidagi xabarni rad etgandi. Nashrning yozishicha, dvigatel nosozligi va tushunarsiz shovqinlar sababli 24-dekabr kuni HY604 Moskva—Toshkent reysi bir tarim soatga ushlanib qolgan va ekipaj nosoz samolyotda ortga uchishga majbur bo‘lgan. Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, reys haqiqatan ham 1 soat 18 daqiqaga ushlanib qolgan. Ushlanib qolishga yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish va havo kemasining muzlashga qarshi ishlovi bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют