» » Ispaniyada 182 kishi xo‘roz janglarini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi

Ispaniyada 182 kishi xo‘roz janglarini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi


Ispaniya huquqni muhofaza qilish idoralari “xo‘roz urishtirish milliy chempionati”da ishtirok etgan 182 kishini qo‘lga oldi. Ularning barchasiga nisbatan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish aybi qo‘yilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Operatsiya “chempionat” o‘tkazilayotgan vaqtda Sangonera-La-Verde qishlog‘idagi fermada olib borilgan. Unda bu jonivorni boquvchilar yig‘ilgan.

Tintuv vaqtida 300 ming yevro naqd pul, noqonuniy stavkalar, xo‘rozlarga berilgan dopingni isbotlovchi ko‘plab hujjatlar topilgan. Shuningdek, 97 ta tirik va 6 ta o‘lik xo‘roz ham topilgan. Bundan tashqari, fermada marixuana plantatsiyasi ham aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют