» » 2018-yilda O‘zbekistonda sud orqali 40 mingga yaqin oila ajrashdi

2018-yilda O‘zbekistonda sud orqali 40 mingga yaqin oila ajrashdi


2018-yilda fuqarolik sudlari tomonidan 217 324 ta ish ko‘rib chiqildi, bu 2017-yilgidan 24,2 foizga kamroqdir. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Shu davr mobaynida 283 milliard so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha 236 030 ta sud buyrug‘i chiqarilgan. Ko‘rilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 186 335 ta sud qarori chiqarilgan, ular bo‘yicha 83,6 foiz talablar qanoatlantirilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratish bo‘yicha 39 402 ta qaror, shartnomalar bilan bog‘liq mojarolar bo‘yicha ishlar yuzasidan 30 413 ta qaror, turar-joydan chiqarish bo‘yicha 1 709 ta qaror, ishga tiklash bo‘yicha 1 515 ta qaror va ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 1 208 ta qaror chiqarilgan.

80 113 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislari davomida ko‘rib chiqilgan. Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi tomonidan 1 317 ta ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilgan. Quyi sudlarning 541 ta qarori bekor qilingan, 112 ta sud qaroriga o‘zgartirish kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют