» » “O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkentda qurilayotgan halqa metrosi uchun Rossiya vagonlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda

“O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkentda qurilayotgan halqa metrosi uchun Rossiya vagonlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda


“O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkentda qurilayotgan halqa metrosi uchun Rossiya vagonlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi “Metrovagonmashem” (Rossiya) kompaniyasi bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra, to‘rt vagonli beshta tarkibni xarid qilish haqidagi Memorandumni imzolagan.

Mazkur xarid O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 5,5 million yevrolik krediti, shuningdek, “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiyot banki” davlat korporatsiyasining (Rossiya) 22,1 million yevrolik krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

Toshkent metropoliteni yer usti liniyasi uchun harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini 2019-yilning 1-martiga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют