» » Makedoniyada faollar mamlakatni qayta nomlash bo‘yicha takroriy referendum o‘tkazilishini istamoqda

Makedoniyada faollar mamlakatni qayta nomlash bo‘yicha takroriy referendum o‘tkazilishini istamoqda


Makedoniya parlamentining Qonunchilik-huquqiy qo‘mitasi faollar guruhining mamlakatni qayta nomlash haqida takroriy referendum o‘tkazish uchun imzolar yig‘ish bo‘yicha arizasini ma’qulladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

11-yanvar kuni mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan konstitutsiyaga Gretsiya bilan imzolangan shartnomaga muvofiq mamlakatni Shimoliy Makedoniya deb nomlash haqidagi o‘zgartirishni ma’qullagan.

Mazkur shartnoma 2018-yilning 30-sentabrida referendumga kirtilgan, biroq amalda u muvaffaqiyatsiz o‘tgan. Ovoz berishda saylovchilarning kamida 50 foizi ishtirok etishi kerak bo‘lgan sharoitda, atigi 37 foiz saylovchi ovoz berishga kelgan. Ulardan 91,5 foizi shartnomani qo‘llab-quvvatlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют