» » Tuxum surati Instagram’dagi jahon rekordini yangiladi

Tuxum surati Instagram’dagi jahon rekordini yangiladi


Instagram?da tuxum surati bir necha kun ichida 25 milliondan ziyod layk to‘plab, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

View this post on Instagram

Let’s set a world record together and get the most liked post on Instagram. Beating the current world record held by Kylie Jenner (18 million)! We got this ???? #LikeTheEgg #EggSoldiers #EggGang

A post shared by EGG GANG ???? (@world_record_egg) on

Shu kunga qadar amerikalik model Kayli Jenner qizalog‘i Stormi bilan tushgan surati Instagram olamidagi eng mashhur surat hisoblanardi. Ushbu surat 18 milliondan ziyod layk to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Shu yilning 4-yanvar kuni Instagram?da World Record Egg sahifasi tuxum suratini joylashtirib, quyidagi izohni qoldirdi: “Keling, birgalikda Instagram?ning o‘tgan yilgi rekordini yangilaymiz va bu suratni eng mashhur qilamiz. Kayli Jenner rekordini yangilaymiz”.

Ertasi kuni ushbu surat 9 million layk to‘pladi, 10 soatdan so‘ng esa layklar soni bo‘yicha Kayli Jenner rekordini ortda qoldirdi.

BuzzFeed News nashrining ma’lum qilishicha, Instagram?dagi sahifani Britaniya qishlog‘idan bo‘lgan Genriyetta ismli tovuq yuritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют