» » Kanadalik aviadispetcherlar bir oydan beri maoshsiz ishlayotgan AQShlik hamkasblariga yuzlab pitssa buyurtma qildi

Kanadalik aviadispetcherlar bir oydan beri maoshsiz ishlayotgan AQShlik hamkasblariga yuzlab pitssa buyurtma qildi


2018-yilning 22-dekabrdan buyon AQShda hukumatning “jimligi” davom etayotgani bois yuz minglab davlat xizmatchilari maoshsiz qolmoqda. Bu haqda “TJournal” xabar berdi.

Maoshsiz ishlayotganlar orasida aeroportlarning dispetcherlari ham bor. Ular havo qatnovi faoliyati buzilmasligi uchun ishga chiqishda davom etmoqda. Birdamlik belgisi sifatida kanadalik hamkasblar ular uchun yuzlab pissa buyurtma qilgan.

Kanada va AQShning bir nechta shaharlaridan dispetcherlar bir-biri bilan ishlaganligi sababli qo‘llab-quvvatlash aksiyasini o‘tkazishga qaror qilgan. Birinchi bo‘lib pitssani Edmonton aeroporti ishchilari buyurtma qilib — yegulikni Ankorij (Alyaska shtati) shahriga yuborgan. Ushbu g‘oyani Kanada havo harakati boshqarmasi Assotsiatsiyasi prezidenti ham qo‘llab-quvvatlagan hamda boshqa bo‘linmalar ham pitssa buyurtma qilishni boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun ichida 49 ta Amerika aeroportlari dispetcherlari buyurtma pitssalarini qabul qilib olgan. Buyurtma qilingan pitssalarning umumiy soni 350 tadan oshgan. AQSh aeroportlarining xodimlari minnatdorlik izhor etilgan suratlarni yubormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют