» » O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi


Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;

Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;

Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:

bo‘sh turgan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi — Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;

bo‘sh turgan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;

Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;

Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют