» » Dyusseldorfda o‘zbek musavvirlari badiiy ko‘rgazmasi tashkil etildi

Dyusseldorfda o‘zbek musavvirlari badiiy ko‘rgazmasi tashkil etildi


Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi ko‘rgazmalar zalida “O‘zbekiston kunlari” ma’rifiy tadbiri boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir doirasida badiiy ko‘rgazma ham tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Nigora Sharifxo‘jayeva asarlari namoyish etilmoqda. Bu o‘zbek musavvirlari 2018-yilning yoz oylarida Germaniyaning Duysburg shahrida bo‘lib o‘tgan yirik ko‘rgazmada ham ishtirok etgan edi.

Tasviriy san’at sohasida ikki mamlakat ijodkorlarining hamkorligi tobora faollashmoqda. Dyusseldorfdagi O‘zbekiston kunlari doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada 2018-yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ishtirok etgan nemis ijodkorlarining ishlari ham taqdim etildi.

Bu yerda tashrif buyurgan ishtirokchilar, shu jumladan, germaniyaliklar O‘zbekiston san’ati bilan yaqindan tanishmoqda. Ko‘rgazma 18-yanvarga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют