» » Surxondaryoda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Surxondaryoda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi


Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani “Kakaydi” aholi punktidagi 1-sonli hamda Sherobod tumanining “Maydon” aholi punktidagi 67-sonli harbiy shaharchalarida harbiy xizmatchilar uchun 64 oilaga mo‘ljallangan 4 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligining Facebook’dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirlarda janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat va tumanlar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam. Ularda oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют