» » O‘zbekiston benzin eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingida 18-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston benzin eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingida 18-o‘rinni egalladi


AQShning Global Petrol Prices tahliliy nashri benzin narxi eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi. Ushbu reytingda O‘zbekiston 18-o‘rinni egalladi, deb xabar berdi “Narodnoye slovo”.

Benzin eng arzon mamlakat Venesuela bo‘lib, ushbu davlatda benzinning bir litri narxi 1 sentga baholangan.

Sudan ($0,13), Eron ($0,29), Quvayt ($0,34), Jazoir ($0,35) va Nigeriyada($0,41) ham benzinning o‘ta arzon narxi qayd etilgan.

Markaziy Osiyo hududida reytingning birinchi o‘rnini Turkmaniston ($0,43) egalladi.

Birinchi o‘ntalikning to‘qqizinchi o‘rnini Ozarbayjon ($0,47) va 10-o‘rnini Qozog‘iston ($0,48) egalladi.

Reytingda Qirg‘iziston ($0,67) 23-o‘rin, Rossiya ($0,68) 26-o‘rindan joy oldi.

Reytingga kiritilgan dunyoning 150 mamlakati o‘rtasidagi eng yuqori narxlar Gonkong ($2,04) va Monakoda ($1,98) kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют