» » Tramp inauguratsiyasiga 104 mln dollar sarflandi

Tramp inauguratsiyasiga 104 mln dollar sarflandi


AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan Qo‘mita ushbu maqsadlarga 107 million AQSh dollar to‘pladi, shundan 104 million AQSh dollar marosim uchun sarflandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Bu Barak Obamaning birinchi inauguratsiyasidan ikki barobar ko‘p.

ABC telekompaniyasining aniqlashicha, Trampga tegishli poytaxt mehmonxonalarida o‘tkazilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonining o‘ziga 1,5 million AQSh dollarga aylangan.

Ma’lum bo‘lishicha, faqat ofitsiantlarning pardoziga 130 ming AQSh dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.

Frenk Sinatraning xit taronasiga Las-Vegasdan kordabalet ishtirokida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishi uchun xizmat haqi sifatida 2,7 million AQSh dollar to‘langan.

O‘tgan yilning dekabrida Nyu-Yorkning Manxetten prokuraturasi Trampning inauguratsiya qo‘mitasi tomonidan qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganlik bo‘yicha tekshiruvlar boshlangan.

Prokuratura inauguratsiyaga yig‘ilgan mablag‘lar noqonuniy maqsadlarda sarflanganligini tekshirmoqda.

Shuningdek tergov homiylar tomonidan yo‘naltirilgan mablag‘lar turli xizmat yoki siyosiy ko‘rinishdagi foyda evaziga berilgani aniqlanmoqda.

AQSh tarixida eng qimmat ikkinchi inauguratsiya 2009-yilda 44-prezident Barak Obamaniki bo‘lgan. Unga qariyb 150 million AQSh dollar sarflangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют