» » Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini ma’lum qildi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini ma’lum qildi


O‘zA muxbiri O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan suhbatlashdi. Vazir ushbu suhbat chog‘ida internet, xususan ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib borishini ma’lum qildi.

“Biz internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan o‘rganamiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat’iyatlilik bilan davom ettiriladi”, — deydi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.

Internet tarmoqlarida vazirlik, uning sohaviy xizmatlari hamda tarkibiy bo‘linmalarining veb-sayt, Facebook, Telegram sahifalarining ochilishi orqali fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tezkorlik bilan ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

86 ming 523 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilingan. Tizim bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning 393 ming 493 murojaati ko‘rib chiqildi. Jamoatchilik yordamida aholi bilan bevosita muloqotning yo‘lga qo‘yilishi, sektorlarga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolarini ular murojaat qilishidan oldin aniqlab, bartaraf etish choralari ko‘rilgani natijasida murojaatlar soni 127 mingtaga kamaygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют