» » O‘zbekistonga Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi vakillari keldi

O‘zbekistonga Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi vakillari keldi


O‘zbekistonda Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi (KWIA) vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ixtirochi ayollar markazi tomonidan “Ixtirochi ayollar — fan, innovatsiya, investitsiya” mavzusidagi davra suhbatida koreyalik ayollar ishtirokida innovatsion izlanishlar istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

1993-yilda tashkil etilgan Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi iqtisodiyotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun turli loyihalarni amalga oshirib, ularning ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashmoqda. Hozirda KWIA barqaror rivojlanish va inson taraqqiyotida ayollarning teng huquqli hamkorlar sifatida asosiy rolini qo‘llab-quvvatlovchi, ixtiro va tadbirkorlik faoliyatining turli sohalarida xotin-qizlarning samarali ishlashiga yordam beradigan yetakchi tashkilot sifatida tan olingan.

Har yili KWIA tomonidan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining shafeligida Koreya ixtirochi ayollarning xalqaro ko‘rgazmasi va forumi o‘tkazib kelinmoqda. E’tiborga molik jihati, o‘tgan yili mazkur xalqaro miqyosdagi tadbirlarda o‘zbekistonlik olima ayollar ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi. Ularning eng yaxshi innovatsion ishlanmalari tanlov komissiyasi xulosalari asosida maxsus medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlangandi.

— Bugun O‘zbekiston innovatsion texnologiyalar, yangiliklarni joriy etishga astoydil intilmoqda, — deydi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti prezidenti Yun Mung Xi. — Xotin-qizlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni e’zozlash mushtarak maqsadimiz. Biz kelgusida O‘zbekiston ixtirochi ayollari bilan hamkorlik rishtalarini mustahkamlashni ko‘zlayapmiz.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston ixtirochi ayollari faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют