» » Tramp Kim Chen Inga maktub yo‘lladi

Tramp Kim Chen Inga maktub yo‘lladi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan dam olish kuni KXDR rahbari Kim Chen Inga maktub yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Maktub shaxsan Kim Chen Inning o‘ziga topshirilgan.

Maktubning mazmuni oshkor qilinmayapti.

O‘tgan yilning 12-iyun kuni Singapurda AQSh va KXDR tarixida ilk sammit bo‘lib o‘tgandi. Uning yakunlariga ko‘ra, Tramp va Kim Chen In qo‘shma bayonot imzolagan. Unda Pxenyan denuklearizatsiya qilishga to‘liq tayyorligini ma’lum qilgan, AQSh esa bunga javoban xavfsizlik kafolatini berish majburiyatini olgan.

Shunga qaramay sammit natijasida tomonlarning maqsadlari konkretlashtirilmagan.

2018-yilning 2-dekabr kuni Tramp Kim Chen In bilan keyingi uchrashuvi 2019-yilning yanvar oyida yoki fevralda bo‘lishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют