Artel kompaniyasi Mitsubishi bilan hamkorlik qiladi

Artel kompaniyasi vakillarining ma’lum qilishicha, hamkorlikning birinchi bosqichi Toshkentda Markaziy Osiyo, MDH, Yaqin va Uzoq Sharq hamda Janubiy Amerika davlatlari uchun mo‘ljallangan konditsionerlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, Artel yaponiyalik mutaxassislar bilan o‘zining ishlab chiqarish bazasini zamonaviy, yuqori sifatli, avtomatlashtirilgan jihozlar hamda Mitsubishi Corporation’ning talablariga javob bera oladigan tajribali ishchi va texnologiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Loyiha 2015-yil so‘ngida ishga tushishi kutilmoqda. Mahsulotlar Mitsubishi savdo belgisi ostida ishlab chiqariladi.
Bundan avvalroq Artel kompaniyasi jahon bozorlariga keng ko‘lamdagi mahsulotlar bilan chiqishi haqida xabar bergan.
Ma’lumot uchun, Artel hozirda maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishda bir qator dunyo brendlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют

- отсутствуют
