» » Buxoro—Xiva yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi ishga tushdi

Buxoro—Xiva yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi ishga tushdi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 12-sonli Buxoro—Xiva tezyurar yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatlangan poyezd 13 ta vagondan iborat. Shuningdek, yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmat ko‘rsatish maqsadida restoran-vagon ham joriy etilgan.

Vagonlar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan.

Belgilangan harakat jadvaliga ko‘ra poyezd bugundan boshlab, Buxoro—Xiva yo‘nalishida oyning toq sanalarida, soat 12:05 da Buxoro vokzalidan harakatlanadi va shu kuni soat 17:50 da Xiva vokzaliga yetib boradi.

Xiva—Buxoro yo‘nalishida esa oyning juft sanalarida, soat 08:45 da Xiva vokzalidan harakatlanib, shu kuni soat 14:48 da Buxoro vokzaliga yetib keladi.

Xabarda aytilishicha, Samarqand, Qarshi, Buxoro hamda Shahrisabz shaharlariga muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgan “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari, keyinchalik Xiva shahriga ham harakatlanishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют