» » Xitoyda sartarosh avtobusda uxlab yotgan yo‘lovchining sochini kesib tashladi

Xitoyda sartarosh avtobusda uxlab yotgan yo‘lovchining sochini kesib tashladi


Xitoyda keksa yoshli sartarosh avtobusda uxlab yotgan yo‘lovchining sochini kesib tashladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post. Hodisa 13-yanvar kuni Gonkongda sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 65 yoshli yo‘lovchi erkakni old o‘rindiqda o‘tirgan qizning uzun sochlari g‘ashini keltirgan. Qizning sochlari uzunligidan yo‘lovchining tizzasigacha tushib turgan. Shu sababli u sumkasidan qaychi olib qizning bir necha santimetr sochini kesib tashlagan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan yo‘lovchilar kishini to‘xtatib qolib, qizni uyg‘otishgan. Haydovchi esa politsiya chaqirgan. Aybdor qochishga uringan, lekin yo‘lovchilar bunga yo‘l qo‘ymagan. Politsiya yetib kelgach, ayblanuvchi tan jarohati yetkazishda gumon qilinib hibsga olingan. Ayblanuvchining o‘zi esa sartarosh-stilist bo‘lib ishlashini, shu sababli yonida qaychi olib yurishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют