» » Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror imzolandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror imzolandi


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Davlat raqobat qo‘mitasi hamda “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi.

Agentlik o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita Bosh vazir va Prezidentga bo‘ysunadi hamda hisobot beradi.

Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Bosh vazir taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur agentlikka Nodir Jo‘rayev direktor etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют