» » Maduro Braziliyaning yangi prezidentini Gitler bilan solishtirdi

Maduro Braziliyaning yangi prezidentini Gitler bilan solishtirdi


Venesuela prezidenti Brazliyaning yangi rahbari Jair Bolsonaruni qattiq tanqid qilib, uni “fashist” deb atadi. Jair Bolsonaru konservativ qarashlarga ega bo‘lib, Janubiy Amerika davlatlarida sotsializmga qarshi bir necha marta chiqish qilgan, deb xabar bermoqda “RBK”.

Xabarda aytilishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro xalqqa qilgan murojaatida Braziliyaning yangi rahbari Jair Bolsonaruni profashistik qarashlarda ayblagan. Uning fikricha, Bolsonaruni “Hozirgi zamon Gitleri” deyish mumkin.

Braziliya prezidenti matbuot xizmati qo‘shni davlat rahbari bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, 28-oktabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongan Jair Bolonaru 1-yanvardan boshlab yangi lavozimda ish boshlagan. Prezident etib saylanmasidan oldin konservativ Sotsial-liberal partiyasidan bo‘lgan parlament deputati edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют