» » Rasman: Peter Chex yozda faoliyatini tugatadi

Rasman: Peter Chex yozda faoliyatini tugatadi


“Arsenal” darvozaboni Peter Chex yozda faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu haqda chexiyalik futbolchi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

“Professional o‘yinchi sifatida 20-mavsumni o‘tkazmoqdaman. Mavsum yakunida faoliyatimni tugatish to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman.

Premyer ligada 15 ta mavsumda ishtirok etib, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Futbolchi sifatida xohlagan barcha narsamga erishdim.

“Arsenal”da zo‘r berib ishlashda davom etaman. Yana bitta sovrinni qo‘lga kirita olamiz, deb umid qilaman. Ko‘ramiz, maydon tashqarisida hayot men uchun nimalar tayyorlab turibdi?” — deb yozadi Chex.

Peter Chex o‘zining professional faoliyatini 1999-yilda boshlagan. 2002-yilga qadar darvozabon Chexiyaning “Hmel” va “Sparta” klublarida o‘ynagan. Keyinchalik 2 mavsum Fransiyaning “Renn” jamoasi sharafini himoya qildi.

2004-yilda Chex 10,3 million funt evaziga “Chelsi” safiga qo‘shiladi. Peter “aristokratlar” safida  494 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. 2015-yildan to hozirgi kunga qadar u Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”da faoliyatini davom ettirmoqda.

Chex 4 marta APLda, 5 bor Angliya Kubogida, 3 karra Angliya Liga Kubogida va bittadan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g‘alaba qozondi.

Chexiya terma jamoasi safida 124 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bo‘yicha milliy rekord hisoblanadi. U Yevro—2004 musobaqasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют