» » O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi


Istamov Maxmud Shuxratovich Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Maxmud Istamov Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida va Prezident Adminstratsiyasida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirga qadar adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Meliyev Xudayor Xurramovich Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xudayor Meliyev Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimda faoliyat yuritib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют