» » Orol dengizining qurigan tubidagi 53 ming gektar maydonga saksovul ekildi

Orol dengizining qurigan tubidagi 53 ming gektar maydonga saksovul ekildi


Qishning qahraton kunlariga qaramay Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzor barpo etish ishlari davom etmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Mo‘ynoq tumanida faoliyat yuritayotgan tezkor shtabdan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda ushbu ishda mingdan ortiq kishi qatnashmoqda. Ekin yerlarni tayyorlash, urug‘lik yetkazib berish va saksovul ekish ishlariga 543 ta texnika jalb qilingan.

Shu kungacha tayyorlangan 223 ming 668 gektar yerning 53 ming 205 gektariga 232 ming 665 kilogramm saksovul urug‘i ekildi.

Jarayon boshlanganidan buyon jami tayyorlangan urug‘ 622 ming 500 kilogrammni tashkil etdi. Saksovul urug‘i tayyorlashga mahalliy aholi jalb etilgan. Ularga shu kungacha 975 million so‘mdan ko‘proq ish haqi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют