» » Xorazm viloyatida navbatdagi “valyutafurushlar” qo‘lga olindi

Xorazm viloyatida navbatdagi “valyutafurushlar” qo‘lga olindi


Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Yangibozor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va S. har bir AQSh dollarini 8450 so‘mdan hisoblab, 7900 AQSh dollarini 66,7 million so‘mga noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Telegram’dagi rasmiy kanali xabar berdi.

Bundan tashqari, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSh dollarini 8320 so‘mdan hisoblab, 11450 AQSh dollarini 95,2 million so‘mga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 700 AQSh dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 million so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют