» » O‘zbekistonda 50 mln yevrolik yangi onkologik klinika quriladi

O‘zbekistonda 50 mln yevrolik yangi onkologik klinika quriladi


Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million yevro qiymatidagi eng so‘nggi texnologiya va jihozlar bilan ta’minlangan, zamonaviy klinika bunyod etish hamda Germaniyaning nufuzli Mangeym universiteti klinikasi bilan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

– Natijada, o‘ta og‘ir, murakkab va gumonli holatlarga ham aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkoni yuzaga keladi. Eng muhimi, ushbu zamonaviy shifoxonada germaniyalik yetakchi mutaxassis va olimlar doimiy asosda ishlaydi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. – Bundan tashqari, Mangeym universiteti klinikasi professorlari tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa mamlakatimiz tarixida birinchi marotaba tibbiyotning barcha yunalishlari bo‘yicha Germaniyaning eng ilg‘or tibbiyot markazida mutaxassislarimizni muntazam tayyorlash hamda malaka oshirish tizimiga asos solindi.

Ta’kidlanishicha, Germaniya tibbiyoti eng rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, onkologiya yo‘nalishida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Bu borada profilaktika, kasallikni erta aniqlash, yuqori texnologik davolash hamda reabilitatsiya borasida katta natijalarni qo‘lga kiritgani tahsinga loyiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют