» » Nigeriyada qaroqchilar tomonidan garovga olingan rossiyalik va ukrainalik dengizchilar ozod qilindi

Nigeriyada qaroqchilar tomonidan garovga olingan rossiyalik va ukrainalik dengizchilar ozod qilindi


Nigeriyada BBC Caribbean yuk kemasiga hujum qilib, rossiyalik va ukrainalik 8 nafar dengizchini garovga olgan qaroqchilar ularning barchasini ozod qildi. Bu haqda Sevastopolning (dengizchilarning uch nafari shu shahardan) inson huquqlari bo‘yicha vakili Pavel Butsay ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Dengizchilarimiz Frankfurtda, barchasi sog‘-omon. Muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi, qo‘lga olingan dengizchilar — 7 nafar rossiyalik va bir ukrainalik ozod qilindi. Germaniyaning Briese kompaniyasi Rossiya elchixonasi bilan birgalikda murakkab muzokaralarni olib bordi va garovdagilar tezda ozod qilinishi uchun zarur choralar ko‘rdi. Ular yaqinda uylariga qaytadi, yaqinlariga bu haqda ma’lum qilingan.

Pavel Butsay, inson huquqlari bo‘yicha vakil

Vakilga ko‘ra, muzokaralar davomida qaroqchilar bilan garov puli haqida kelishib olingan, biroq uning summasi oshkor etilmadi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют