» » Buxoro tibbiyot instituti Hindiston va Pokistondan 300 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirmoqda

Buxoro tibbiyot instituti Hindiston va Pokistondan 300 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirmoqda


Hindiston va pokistonlik 300 ga yaqin talaba joriy yilda o‘quv yilini Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida boshlashi mumkin, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Bu haqdagi kelishuv Buxoro tibbiyot instituti va “ASL Farma” (Pokiston) kompaniyasi o‘rtasida imzolangan.

Joriy yilning yanvar oyi boshida Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov va Pokiston kompaniyasi direktori Alamgir Xon o‘rtasida hamkorlik masalasidagi muzokaralarni o‘tkazish boshlangan edi. 2019—2020-o‘quv yilida Buxoroga ilk 300 nafar talabani yuborish haqidagi kelishuvga erishilgan.

Pokiston tomoni Buxoroga tashrifi doirasida Buxoro tibbiyot instituti infratuzilmasi, jumladan, o‘qitishning ingliz tilida tashkillashtirilishi, yashash uchun shart-sharoitlar, talabalarning ovqatlanishi bilan batafsil tanishtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют