» » O‘zbekistonda to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonun loyihasining asosiy kamchiliklari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonun loyihasining asosiy kamchiliklari ma’lum qilindi


10-yanvar kuni Markaziy bank, O‘zmilliybank va UPAY, Uzcard, PayMe, Click, Mbank vakillari ishtirokida “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Spot xabar bermoqda, deb yozadi Repost.

Unda to‘lov tizimlarining faoliyati, to‘lovlarni amalga oshirish va nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish muhokama qilindi.

MB konsultanti Shuhrat Qurbonovning fikricha, yangi qonun to‘lov tizimlarini legallashtirish imkonini beradi va ularga ko‘proq imkoniyat va huquqlar taqdim etadi.

Hujjat doirasida bozor ishtirokchilari to‘lov tashkiloti yoki agenti sifatida vakolatli tizimni tanlash huquqiga ega. Tanlangan kompaniya bankka bog‘liq holda ishlaydi va o‘zining shaxsiy brendi ostida ishlay olmaydi.

Hujjatning hozirgi tahriri bankdan mustaqil bo‘lishni istovchi kompaniyalarga litsenziya olish majburiyatini yuklaydi. Litsenziya olish bir oy davomida ko‘rib chiqiladi. Bunda litsenziya olish kompaniya ishini ortga surishi mumkin.

Qonun loyihasini yaratuvchilar fikricha, litsenziya olish bo‘yicha barcha talablarni bajarish mumkin. Bu kelajakda firibgarlarga qarshilik ko‘rsatish imkonini beradi. MB vakillarining ta’kidlashicha, to‘lov tashkilotlari xalqning pullari bilan ishlaydi, shu sababdan foydalanuvchilarni xavfsizlantirish uchun litsenziya zarur.

Ta’kidlash joizki, MB tomonidan ishlab chiqilayotgan Humo to‘lov tizimi ma’lum bir savollarni keltirib chiqardi. Bozor ishtirokchilari Markaziy bank boshqa tizimlar bilan raqobatlashishidan tashvishlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют