» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Janubiy Koreya Adliya vaziri Pak Sang Gi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

Adliya vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi o‘tgan yilning 26—30-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga ishchi tashrifi doirasida Janubiy Koreya Adliya vazirligidagi uchrashuvi doirasida hamkasblariga O‘zbekistonga tashrif buyurishni taklif qilgan.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash, qonun hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya iqlimini yaxshilash, yuridik xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish sohasidagi masalalarni muhokama qildi.

2017-yilning 23-noyabrdagi ikki mamlakat Adliya vazirliklari o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi. Bu esa O‘zbekistonda ochilgan Janubiy Koreyaning yetakchi yuridik kompaniyalari vakolatxonalari investorlar huquqini har tomonlama himoya qilish, shartnoma-huquqiy baza sifatini oshirishga imkon beradi.

O‘zbekiston Adliya vaziri janubiy koreyalik hamkasblarini mamlakatda Harakatlar strategiyasi doirasida, xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qildi. Bu yo‘nalish fuqarolar, tadbirkorlar, xususan, xorijiy investorlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning, ayniqsa davlat hokimiyatining barcha darajasidagi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarning samarasini oshirish, shuningdek, yuridik yordam va huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi ta’kidlandi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni ishlab chiqish sohasida O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot doirasida Janubiy Koreya Adliya vaziri Pak Sang Gi O‘zbekiston adliya organlari va muassasalari faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi va ularni xalqqa yaqinlashish, faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga imkon berishini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya Adliya vazirligi adliya vaziri boshchiligida adliya ishlarini nazorat qiluvchi, Vazirlar Mahkamasi darajasidagi vazirlikdir. U sud ta’qibi, hukmlarni chiqarish, immigratsiya nazorati va inson huquqlarini himoya qilishga javob beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют