» » Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni obunaga majburlagan maktab direktoriga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni obunaga majburlagan maktab direktoriga chora ko‘rildi


2018-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy nazorat xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanayotganlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish jarayonida maktab direktori ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga dekabr oyidagi maoshlari hisobidan 200 ming so‘mdan, shuningdek, sinf rahbarlaridan belgilangan 200 ming so‘mdan tashqari yana qo‘shimcha 300 ming so‘mdan (kerak bo‘lsa ota-onalardan yig‘ib) gazeta va jurnallarga majburiy obuna bo‘lishini bir necha bor ta’kidlaganligi aniqlandi. Lekin oylik ish haqi berilmaganligi sababli obunaga pul yig‘ilmagani, direktor tomonidan haqiqatan ham obunaga majburlash sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv jarayonida mutasaddilar tomonidan maktab rahbari hamda jamoaga majburiy obuna uchun pul yig‘ish noqonuniy ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, 31-sonli maktab direktoriga o‘qituvchilarni obunaga majburlagani uchun mehnat qonunchiligiga ko‘ra chora ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют