» » Britaniya OAVlari Toni Blerning Tramp bilan maxfiy muzokaralaridan xabar topdi

Britaniya OAVlari Toni Blerning Tramp bilan maxfiy muzokaralaridan xabar topdi


Buyuk Britaniyaning The Mail on Sunday nashri Oq uy tomonidan Trampning guruhiga Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni arxitektori huquqlari asosida Toni Blerning taklif etilishi mumkinligini bilib qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Vashingtondagi Oq uyda yopiq muzokaralarda ishtirok etgani, ushbu uchrashuvda uning AQSh prezidenti Donald Trampning guruhida ish olib borishi haqida gap ketgani ma’lum qilindi.

The Mail’da qayd etilishicha, muzokaralar 1-mart kuni olib borilgan. Sentabr oyidan beri tomonlar jami uch marotaba uchrashgani xabar qilinmoqda.

Axborotga ko‘ra, Toni Blerning suhbatdoshi Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushner bo‘lgan. Uchrashuv davomida Blerga Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi tinchlik elchisi lavozimi berilishi imkoniyati muhokama etilgan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziriga katta maslahatchi Kushnerning lavozimi taklif qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, Toni Blerning matbuot kotibi shaxsiy uchrashuvlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют