» » Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali va qo‘shma klinikasi ochiladi

Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali va qo‘shma klinikasi ochiladi


Ayni kunlarda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Yangi Dehli shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati bergan ma’lumotga tayanib Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Viloyatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan kelishuvlarga erishish maqsadida uyushtirilgan tashrifning ilk kunida mamlakatdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Sharda universiteti o‘rtasida Andijonda uning filiallarini ochish orqali 100 million dollarlik investitsiya kiritish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Filialning ochilishi bo‘yicha dastlabki muzokaralar o‘tgan yilning 6-oktabr kuni Andijonda o‘tkazilgan edi. Shunda universitet prezidenti, professor Pradip Kumar Gupta hamda xalqaro aloqalar va loyihalar bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Daryaninlar Andijon davlat tibbiyot instituti va klinikasi hamda va mashinasozlik institutida bo‘lib, u yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgandi.

Muzokaralar mobaynida Andijon davlat tibbiyot va mashinasozlik institutlarida Universitetining filiallari, tibbiyot instituti klinikasida esa urologiya, gematologiya, oftalmologiya, kardioxirurgiya, laparaskopiyaga ixtisoslashtirilgan alohida qo‘shma klinikani tashkil etishi bo‘yicha kelishib olingan va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi.

Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘ktam Salomovning ma’lum qilishicha, filial 2019–2020-o‘quv yilidan har yili uchta axborot kommunikatsion, mexanika va mashinasozlik texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1000 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab beradi.

O‘shanda janob Kumar Gupta tashkil etilayotgan qo‘shma klinika uchun zaruriy tibbiy texnologiyalarni olib kelish va klinika bo‘lim bosh shifokorlarini malaka oshirishini tashkil etish maqsadida Hindistonga taklif etgandi. Shunga asosan universitetning yuqori malakali professor shifokorlari dekabr oyida Andijonga kelib, klinikada mingga yaqin aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Sharda universiteti Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda 55 mamlakatdan kelgan 20 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan bilim dargohiga 2009-yilda Pradip Kumar Gupta tomonidan asos solingan. Muassasa muhandislik, tibbiyot, tillar tadqiqoti, menejment boshqaruvi, san’at, arxitektura va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 22:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют