» » Toshkentda Puchon Universiteti va TATKK qo‘shma fakultetiga hujjatlar qabul qilish boshlandi

Toshkentda Puchon Universiteti va TATKK qo‘shma fakultetiga hujjatlar qabul qilish boshlandi


Janubiy Koreyaning Puchon Universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining qo‘shma loyihasi — “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish” fakultetiga hujjatlar qabul qilish boshlandi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Yangi fakultetga Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji hamda boshqa kollej va litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ikkinchi kasbni egallashga qiziquvchi o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotlilar kirishi mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 15-fevralga qadar davom etadi, o‘qish esa mart oyida boshlanadi.

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori Dmitriy Lining ma’lum qilishicha, qo‘shma fakultetning auditoriyalari Puchon Universiteti standartlari asosida jihozlangan, o‘quv rejasi esa Janubiy Koreya OTM tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston me’yorlariga moslashtirilgan. Talabalarga ikkinchi kursdan Puchon professorlari dars bera boshlaydi.

O‘qitish shartnoma asosida olib boriladi, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida bir yillik o‘qish narxi — 2 ming AQSh dollari so‘m ekvivalentida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют