WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Yoqutistonda sovuq 60 darajaga yaqinlashdi
Yoqutistonda sovuq 60 darajaga yaqinlashdi
Rossiyaning Yoqutiston respublikasida sovuq 60 darajaga yaqinlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
15-yanvar kuni Oymakon ulusidagi kuzatuv punktidagi termometrning ko‘rsatkichi minus 56 darajagacha pasaygan. 16-yanvar kuni respublikaning ba’zi hududlarida haroratning minus 55 darajagacha pasayishi kutilmoqda, shimoli-sharqda sovuq minus 59 darajagacha kuchayadi.
Oymakon ulusi eng sovuq hudud sanalib, u yerda 80 yil avval rekord darajadagi sovuq — Selsiy shkalasi bo‘yicha -71,2 daraja qayd etilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?