» » Tojikistonning Panjikent shahrida qor ko‘chkisi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Tojikistonning Panjikent shahrida qor ko‘chkisi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Tojikiston hukumati qoshidagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi Qo‘mitasi qutqaruvchilari Panjikent shahri qishloqlaridan birida qor ko‘chkisi ostidan erkakning jasadini topdi, uning sherigi 20 yoshli Masih Orzuyevni qidiruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.

30 yoshli Abdushafiy Tilloyevning jasadi yaqinlariga yetkazilgan. Erkaklar 14-yanvar kuni toqqa o‘tin tergani borgan vaqtida ko‘chki ostida qolgan.

Bir hafta avval Favqulodda vaziyatlar Qo‘mitasi tog‘li hududlardagi kuchli yog‘ingarchiliklar sababli tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi saqlanib qolayotganligi haqida ogohlantirgan.

Yanvar oyi Tojikistonning turli tumanlarida qor ko‘chkilari qayd etilgan. O‘ndan ortiq qor ko‘chkilari 11-yanvar kuni Dushanbe—Xo‘jand trassasini to‘sib qo‘ygan, trassa bir necha soat davomida tozalangan.

2017-yilning yanvarida qor ko‘chkisi oqibatida Tojikistonda yetti kishi halok bo‘lgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют