» » Financial Times: O‘zbekistonda AES qurilishi jahon elita klubiga qo‘shilish imkonini beradi

Financial Times: O‘zbekistonda AES qurilishi jahon elita klubiga qo‘shilish imkonini beradi


O‘zbekistonda Atom elektrostansiyasi (AES) qurilishi tinch atom energiyasi jahon elita klubiga qo‘shilish imkonini beradi, deb yozmoqda Spot “O‘zatom” rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudovning Financial Times’ga bergan intervyusiga tayanib.

“Biz tinch atom energiyasi mamlakatlari klubiga qo‘shilamiz. U elita klub hisoblanadi. Bu butunlay yangi daraja, yangi turdagi munosabatlar, yangi texnologiyalar, fan va ta’lim rivojlanishi”, — deydi Mirzamahmudov.

Xabarda aytilishicha, Rossiya fanlar akademiyasiga qarashli Sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural—Volga mintaqalarini o‘rganish markazi ilmiy xodimi Stanislav Pritchin O‘zbekiston mintaqada o‘z AESiga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lishini aytgan. Uning fikricha, AES qurilishi nafaqat mamlakat obo‘sini oshiradi, balki bir qator muammolarni hal etadi.

Prognozlarga ko‘ra, AESga energiya balansining 15 foizi to‘g‘ri keladi. Bu esa energiyaga bo‘lgan talab ikki barobar oshganda ham uni bir maromda ta’minlash imkonini beradi.

AES qurilishi 2022-yilda boshlanadi va 2028-yilda ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют