» » Xorij valyutasini noqonuniy ayirboshlash uchun jarima miqdori oshirildi

Xorij valyutasini noqonuniy ayirboshlash uchun jarima miqdori oshirildi


Xorij valyutasini noqonuniy ravishda ayirboshlash uchun jarimalar miqdori oshirildi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

“Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, valyuta ayirboshlash takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilganda eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur harakat juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etiladigan bo‘lsa, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют