» » Ispaniya Kubogi. “Real”, “Atletiko” va “Sevilya” bugun o‘ynaydi

Ispaniya Kubogi. “Real”, “Atletiko” va “Sevilya” bugun o‘ynaydi


16—17-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/8 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

16-yanvar, chorshanba kuni Madridning “Atletiko” klubi o‘z uyida “Jirona” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Simyone shogirdlari birinchi o‘yinda “Jirona” bilan durang natija qayd etgandi (1:1).

Shu kuni “Sevilya” klubi “Sanchez Pisxuan” stadionida “Atletik Bilbao” jamoasi bilan kurashadi. Uchrashuvga tunggi vaqt bilan 00:30 da start beriladi.

Ispaniya Kubogi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida “Sevilya” mehmonda “Atletik” klubini 3:1 hisobida yenggan edi.

Santyago Solari qo‘l ostidagi “Real Madrid” jamoasi “Leganes” klubi maydoniga safar qiladi. To‘qnashuv 01:30 da boshlanishi belgilangan.

Birinchi uchrashuvda “Qirollik klubi” “Leganes”ni yirik hisobda g‘alaba qozongandi (3:0).

17-yanvar, payshanba kuni Ispaniya Kubogi 1/8 finalining so‘nggi uchrashuvida Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z uyida “Levante” bilan jang qiladi. Bellashuv soat 01:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Ernesto Valverde jamoasi ilk o‘yinda “Levante”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

16-yanvar, chorshanba

17-yanvar, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют