» » Qor ko‘chish xavfi tufayli yopilgan Qamchiq dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi

Qor ko‘chish xavfi tufayli yopilgan Qamchiq dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi


15-yanvar kuni soat 19:00 da A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi havfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgan edi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, 16-yanvar kuni “Qamchiq” dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari FVV, MV, IIV, “O‘zgidromet” markazi va “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi, kuch va vositalari tomonidan majburan tushirilib, avtomobil yo‘li qor ko‘chkilaridan tozalandi.

“O‘zgidromet” markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 16-yanvar kuni kuni soat 11:05 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют