» » “Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Sharof Rashidov qurdirgan kutubxona joriy yilda to‘liq ta’mirlanadi

“Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Sharof Rashidov qurdirgan kutubxona joriy yilda to‘liq ta’mirlanadi


2018-yilning noyabr oyida “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning “Sharof Rashidov qurdirgan kutubxona jar yoqasida. Unga kim qo‘l cho‘zadi?” nomli tanqidiy maqolasi e’lon qilingan edi. Unda atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tashabbusi bilan 1982-yili Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Barkamol avlod” mahallasida qad rostlagan kutubxonaning kun sayin achinarli holatga kelayotgani haqida atroflicha fikr yuritilgandi.

Surishtiruvimiz davomida mazkur masala bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov bilan bog‘langanimizda, u mazkur kutubxona institut balansidan chiqarilib, Shahrixon tuman hokimligi balansiga o‘tkazilganini ta’kidlagandi.

Oradan bir yarim oy vaqt o‘tib, tahririyatimizga mazkur maqola yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov imzosi bilan yozilgan javob xati keldi. Aslida Shahrixon tumanida institut balansidagi kutubxona ikkita bo‘lgan. Avval tumanning “Naynavo” MFYdagi 2-shahobcha kutubxonasi oliy ta’lim dargohi balansidan chiqarib yuborilgan. Rektor esa muxbirimiz surishtiruvida anglashilmovchilik tufayli 1-shoxobcha kutubxonasini balansdan chiqarilgan, deya javob bergan.

Shuningdek, xatda quyidagi fikrlar ham yozilgan:

“Daryo” saytida e’lon qilingan maqoladan so‘ng Shahrixon tumani “Barkamol avlod” MFYda joylashgan 1-shoxobcha kutubxonasining kitob fondini yanada ko‘paytirishga hamda aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Shoxobchada institut xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Kutubxona atroflari tozalanib, daraxtlar tartibga keltirildi, yer maydonlari yumshatildi. Mazkur kutubxonaga shu sohada ko‘p yillik tajribaga ega I.Ortiqova kutubxonachi sifatida ishga qabul qilindi. Ayni paytda uch million so‘mlik badiiy adabiyotlar xarid qilinib, shoxobchaga berish ko‘zda tutilmoqda. Viloyat arxitektura davlat nazorat inspeksiyasi tomonidan kutubxona bo‘yicha texnik xulosa olinib, hujjatlar tayyorlandi va joriy yilda to‘liq ta’mirlanadigan bo‘ldi.

Biz mazkur murojaat xatida ta’kidlanganidek, kutubxonaning ta’mirlanib, yanada chiroy ochishini kutib qolamiz va mavzuga yana qaytamiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют