» » O‘zbekistonda 100 mln yevrolik ko‘p tarmoqli Germaniya klinikasi barpo etiladi

O‘zbekistonda 100 mln yevrolik ko‘p tarmoqli Germaniya klinikasi barpo etiladi


14-yanvar kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya biznes forumi doirasida umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Jumladan, Shular qatori sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida Germaniyaning OPASCA, Fresenius Vamed hamda Dautrus Capital kabi nufuzli kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan qator istiqbolli loyihalarni alohida ta’kidlash joiz.

Jumladan, O‘zbekiston—Germaniya biznes forumi doirasida respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda germaniyalik hamkorlar bilan poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida ko‘p tarmoqli klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Loyihaga 100 million yevro miqdoridagi investitsiya jalb etiladi.

“Quvonarlisi, keyinchalik viloyatlarda ham nemis texnologiyasi asosida ishlaydigan shunday ko‘p tarmoqli klinikalar ochilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют