» » Ozarbayjon delegatsiyasi Samarqand shahridagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Ozarbayjon delegatsiyasi Samarqand shahridagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi


Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur sohada innovatsion yondashuvlar bilan almashish maqsadida O‘zbekistonga Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, Delegatsiya a’zolari davlat xizmatlari agentligining ishlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida delegatlar uning Samarqand shahri bo‘limiga tashrif buyurdi.

Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Shuhrat Uzoqov bu yerda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ushbu muassasalarga amaldagi qonun hujjatlarini biladigan, fuqarolar bilan ishlash uchun yetarli tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingan. Fuqarolarga qulay sharoit yaratish maqsadida, bugungi kunda mamlakat bo‘ylab barpo etilayotgan zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda Xalq qabulxonalari ham joylashadi.

Tashrif doirasida ozarbayjonlik mehmonlar Temuriylar poytaxti yodgorliklari — Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni va boshqalarni ziyorat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют