» » Putin Rossiya qurol-yarog‘ poygasidan manfaatdor emasligini ma’lum qildi

Putin Rossiya qurol-yarog‘ poygasidan manfaatdor emasligini ma’lum qildi


RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning qurol-yarog‘ poygasiga muhtoj emasligi, Moskva Vashington bilan o‘rta va yaqin oraliqdagi raketalarni tugatish to‘g‘risidagi kelishuvni saqlab qolish uchun Vashington bilan muzokaralarga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar qurollarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro bitimlarni Vashington manfaatlariga javob beradigan qismdagina bajaradi. Putin bunday siyosatning salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Rossiya “Amerika raketalarini aylantirishiga ko‘z yummaydi”, — dedi Putin. Xavfsizlikka bevosita tahdid qilingan taqdirda Moskva ham chora ko‘rishga majbur bo‘lishini ta’kidladi. “Biroq, Rossiya mas’uliyatli va aql bilan ish ko‘radigan davlat sifatida yangi qurol-yarog‘ poygasidan manfaatdor emas”, — deydi prezident.

Putin o‘rta va yaqin oraliqdagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni saqlab qolish uchun Moskva Vashington bilan muloqotga tayyor ekanini qayd etdi. Dekabr oyida Rossiya Amerika tomoniga ushbu masala bo‘yicha bir nechta takliflar jo‘natgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yilning 20-oktabrida o‘rta va yaqin masofadagi raketalarni tugatish bitimidan chiqish rejasi haqida e’lon qilgan. Moskva esa hech qanday kelishuv majburiyatlarni buzmaganligini ma’lum qildi.

AQSh Davlat departamenti 15-yanvar kuni Moskva bilan muzokaralar olib borganini va ushbu uchrashuvni umidsiz deb ataganini bildirdi. “Uchrashuvdan hech qanday umid yo‘q, ko‘rinib turibdiki, Rossiya ushbu shartnomani buzishda davom etadi”, — deydi AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Andrea Tompson.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Ryabkov uchrashuvdan so‘ng Amerika tomoniga yangi muzokaralar taklif qilinganini, biroq AQSh buni rad etganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют