» » “Real Madrid” Germaniya terma jamoasi hujumchisini sotib olishga harakat qiladi

“Real Madrid” Germaniya terma jamoasi hujumchisini sotib olishga harakat qiladi


“Leypsig” klubi hujumchisi Timo Verner qishki transferlar vaqtida “Real”ga o‘tishi mumkin, deb xabar berdi AS.

Manbada yozilishicha, Madrid klubi hujumchi Karim Benzemaning jarohat olganligi sababli uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida 22 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.

“Ayni damda uning transferi haqida biror narsa deyish qiyin. Umid qilamizki, Timo bizning jamoada hali ko‘p gollar uradi”, — deya javob qaytardi klub rahbariyati AS jurnalistiga bergan intervyusida.

Avvalroq xabar berilganidek, futbolchiga “Borussiya D” va “Bavariya” kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. “Leypsig” klubi futbolchining transferidan 60 million yevro ishlab olmoqchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют