» » Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: “O‘zbekistonni yutish uchun maydonga tushamiz”

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: “O‘zbekistonni yutish uchun maydonga tushamiz”


Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi so‘nggi turi doirasida 17-yanvar, payshanba kuni Yaponiya—O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Yaponiya terma jamoasi ustozi Hajime Moriyasu ishtirok etdi.

“Ertaga guruh g‘olibini aniqlab beradigan bahsda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushamiz. Asosiy maqsadimiz — g‘alaba qozonish. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, keyingi bosqichga birinchi o‘rin bilan chiqishni istaymiz”, — deya so‘z boshladi murabbiy.

Ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqib bo‘lgan. Faqat bitta savol ochiq turibdi: guruhda birinchi o‘rinni kim oladi? Bu sizga bosim o‘tkazadimi yoki yo‘q?

— Osiyo Kubogiga kelishdan oldin biz guruhda birinchi o‘rinni olishni maqsad qilgandik. Ertaga futbolchilarga bosim bo‘lishini xohlamayman. Shunchaki g‘alaba qozonishlarini so‘rayman. Biz xotirjammiz. Musobaqa chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Guruh bosqichini ikkinchi orinda yakunlagan jamoa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoaga qanday baho berasiz?

— Avstraliya bilan o‘ynaymizmi yoki yo‘q buni bilmayman. Musobaqada barcha raqibni mag‘lubiyatga uchratishni xohlaymiz. Chempion bo‘lishni istaymizmi, demak, barchani yutish kerak. Pley-offda kuchsiz raqib qolmaydi.

— Osiyo Kubogida 3 nafar o‘yinchini almashtirish mumkin. Guruhdagi dastlabki ikkala o‘yinda ham siz o‘zgarishlardan to‘liq foydalanmadingiz. Buning sababi nimada? 

— Bu mening qarorim. O‘ylaymanki, futbolchilar bu qarorimni hurmat qilishadi. Asosiysi biz ikkala uchrashuvda ham yutdik. Maydondagi futbolchilarning harakatlari meni qoniqtirgani uchun 3 ta o‘zgarishni amalga oshirmadim.

— Ikkita bahsdan so‘ng tajribali futbolchilarga dam berasizmi?

— Men barcha o‘yinchilarni sinab ko‘raman. Zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar ham yaxshi holatda. Kim uchrashuvga tayyor bo‘lsa o‘sha maydonga tushadi. Bugun so‘nggi ko‘rsatma beriladi.

— Musobaqadan oldin jismoniy holat qanday edi va hozir-chi?

— Yaponiya terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati ikki xil edi. Sababi yarim futbolchilar Jey ligada, qolganlar Yevropada o‘ynaydi. Bu yerda mavsum ikki xil paytda tugaydi. Birga mashg‘ulot o‘tkaza boshlaganimizdan keyin barchaning holati tenglashdi. Ikkita o‘yindan o‘zimizga saboq oldik. Shunday davom etishni istaymiz.

— Yaponiya doim chempionlik uchun kurashadi. Bu yo‘lda sizga asosiy raqobatchi jamoalar qaysilar?

— Bizning maqsadimiz chempionlikdir. Jamoa o‘yinini rivojlantirish kerak. Bu musobaqada 7 ta o‘yin o‘tkazishni istaymiz. Barcha raqibni birdek ko‘ramiz, raqib ajratmaymiz.

— Birinchi turda 2 ta gol urgan Yuya Osako o‘zini qanday his qilmoqda?

— U tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Hozir davolanmoqda.

— Yaponiya ertaga yutish uchun nima qiladi?

— Avvalgi ikki o‘yindan kelib chiqib taktika tuzamiz. Asosiy tarkibda ba’zi futbolchilar almashadi. Shu orqali faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi guruh bosqichi so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Yaponiya bilan kurash olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют