» » Davreestr.uz portali orqali Davlat reyestiridan onlayn ma’lumotnoma olish mumkin

Davreestr.uz portali orqali Davlat reyestiridan onlayn ma’lumotnoma olish mumkin


Endilikda Davreestr.uz axborot-resurs portalida Toshkent shahri bo‘yicha ko‘chmas mulk Davlat reyestiridan kadastr korxonasi yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilmagan holda onlayn tarzda ma’lumotnoma olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining Telegram’dagi rasmiy kanali xabar berdi.

Davreestr.uz portali orqali Davlat reyestridan ma’lumotnoma olish uchun ONE ID — yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish, belgilangan shaklga o‘zingizni qiziqtirgan obyektning kadastr raqamini kiritish lozim bo‘ladi.

Tayyor ma’lumotnoma shaxsiy kabinet orqali PDF formatda yuklab olinadi. Ma’lumotnoma elektron imzo bilan tasdiqlangan bo‘lib, ma’lumotlar haqqoniyligini QR kod orqali tekshirish imkoniyati mavjud.

Davlat reyestridan berilgan ma’lumotnomada har qanday turdagi ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

1. Ko‘chmas mulk obyektini ro‘yxatga olish vaqtida biriktirilgan noyob kadastr raqami va aniq joylashgan manzili.

2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va huquq ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana.

3. Obyekt egalari soni va ularning ismi-sharifi.

4. Taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (garov, xatlash va hokazo.).

Ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ma’lumotnoma oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, vasiyatnoma va boshqa shartnomalarni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют