» » Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i tayinlandi


Raximov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

D.Raximov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют